Kamaru Usmanga "vizov" tashlandi

  • 8 oktabr, 2024, 16:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Yarim o‘rta vazndagi UFC jangchisi Xoakin Bakli (20-6) sobiq chempion Kamaru Usman(20-4)ni jangga chorladi.

"Ayni paytda 5 ta g‘alabali seriyaga egaman. Menimcha, bu yaxshi. Agar Kamaruga qarshi oktagonga chiqib, uni mag‘lub etsam, keyingi jangimda chempionlik uchun kurashaman. Shu sababli, keling Usman, barchasini hal qilib olaylik", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie".

Eslatib o‘tamiz, "UFC 307" turnirida Xoakin Bakli Stiven Tompsonni 3-raundda nokautga uchratdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!