Kamoliddin Tojiev: "Baribir o'tgan o'yinlarda ko'p kuch yo'qotganimiz sezildi"

  • 14.04.2026 00:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor” – “Mash’al” (2:1) oʻyinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Oʻyinni yaxshi boshladik. Gol urdik, birinchi taymdan keyin 2:0 hisobida tanaffusga chiqdik. Baribir oʻtgan oʻyinlarda koʻp kuch yoʻqotganimiz sezildi. Gol oʻtkazib yubordik. Oxirida yana oʻtkazib yuborishimiz yoki gol ham urishimiz mumkin edi. Muhimi, uch ochkoni qoʻlga kiritdik.

- May oyida terma jamoa yigʻini boshlanadi va “Paxtakor”dan ham oʻyinchilar jalb qilinadi. Ushbu oyda esa Oʻzbekiston Kubogi guruh bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bu qiyinchilik tugʻdirmaydimi?

- Qiyinchilik tugʻdiradi. Oʻynash kerak ekan oʻynaymiz. 7-8 nafar futbolchimiz terma jamoaga chaqiriladi.

- Akangiz Zayniddin Tojiev “Gʻazalkent” jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda. Kubokda akangiz boshqaruvidagi jamoaga qarshi toʻqnash kelib qolishingiz mumkinligi borasida qanday qaraysiz?

- Yaxshi, qiziqarli oʻyin boʻladi.

- Iroqlik Tahsin terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqdi va klubga qaytib keldi. Ammo uni kelish muddati choʻzilib ketgandik, masalan “Paxtakor” bilan oʻyinga ham kelsa boʻlardi. Klub bu narsaga rozi boʻlib ruhsat berdimi?

- Koʻp yoʻl yurdu. Iroqka borgan va samolyot uchmagan, u yerda qolib ketgan. Ruhsat berganimiz yoʻq. Lekin samolyot uchmaganiga qolib ketdi. Biz ham kutgandik, shunaqa boʻlib qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!