
Kamoliddin Tojiev: "Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlardan keyin nazoratni qo‘lga oldik"
Qarshida bo‘lib o‘tgan "Nasaf" - "Paxtakor" (2:2) bellashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Kamoliddin Tojiev quyidagicha fikr bildirganini klub matbuot xizmati bayon qildi.
"Birinchi bo‘limni yomon boshladik va mezbonlar tashabbusga ega bo‘lishdi. Yigitlarda toliqish sezildi va o‘yinga kirishib ketish qiyin kechdi. Ikkinchi bo‘limda o‘zgarishlardan keyin nazoratni qo‘lga oldik. Vaziyatlarimiz bo‘ldi, yana gol urishimiz ham mumkin edi.
Jamoadagi ruhiy muammolarni hal etyapmiz, ular birdam holda o‘zaro yordam berishga intilishyapti. Bu borada ishlar yaxshilanib bormoqda. Yozda tarkibni kuchaytirish ustida ishlar olib borilmoqda.
Sergeev kelganimdan beri deyarli almashtirishsiz o‘ynab kelmoqda. U ham temirdan emas, charchoq alomatlari bor. Igorni hujumga yangi kuch berish uchun almashtirdim".
Fikrlar