Kamoliddin Tojiev OKMKdan uchralgan mag‘lubiyatning asosiy sabablari haqida gapirdi

  • 5 avgust, 22:44
  • Bilolbek Imomov
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" mutaxassisi Kamoliddin Tojiev Superliganing navbatdagi turida OKMKdan uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Birinchi bo‘limni yomon boshlagan bo‘lsak ham 2 3 ta golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘limda 3 ta o‘zgarish qilgan holda, o‘yinga qaytib oldik. Gol ham urdik. OKMK klubi esa 2 standart vaziyatdan foydalangan holda, o‘yin taqdirini hal qildi. Lekin biz bu uchrashuvda 5 ta gol ham ura olar edik". 
 
Asosiy tarkib futbolchilarining o‘yini sizni qoniqtirdimi? 
 
"2 futbolchimizning o‘yini umuman chiqmadi. Lekin bunday vaziyatlar ham bo‘lib turadi". 
 
Xojimat Erkinov nega maydonga tushmadi? 
 

"Unda jarohat bor edi!".  
 
Azizbek Turg‘unboevning chap qanot himoyasidagi o‘yinidan qoniqdingizmi? 

 
"U avval ham bu pozitsiyada ham o‘ynagan edi. Shu sabab, bugun uni u erga qo‘yishga qaror qildik". 
 
Umar Adhamzoda ham tushmadi, bunga sabab nima? 
 
"Unda ham jarohat bor, 10 kun atrofida safga qaytadi"
- deya ta’rif berib o‘tdi poytaxtliklar bosh murabbiyi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
06/08/2025 06:50
ПАХТАКОРНИ БОРИ ШУДА БОШИНГДАН ЮКОРИ САКРАЙ ОЛМАЙСАН
Шухрат Хусаинов
05/08/2025 23:17
Нега Тожиев шатскихга Сайдиазимовни ва журакузиевни индамай бериб юборди еки шатскихга футболчи етказиб бераман деганмикан кизик
06/08/2025 07:29
уларни макс кашф килган, макс доимий уйин кафолатлаган булса керак! пахтаой командасида тзахирада утириб, талантни улдиргандан бошка клубга утган яхши
Baxil Alihuja
06/08/2025 02:02
маглубият сабаби хакида умуман гап йук-ку