Kamoliddin Tojiev: "Penaltini aslida Doston Hamdamov tepishi kerak edi"

  • 27 avgust, 00:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” klubi kutilganidek O‘zbekiston Kubogi chorak finalida “Mash’al”ni taslim qildi (3:1) va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan keyin “Paxtakor” ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Birinchi bo‘limni o‘zida 3 ta gol urdik va o‘yinni hal qilib qo‘ydik. Baribir uch kun oldin o‘yin o‘tkazdik va biroz charchoq sezildi. Oxirlarida futbolchilar charchab qolishdi. Lekin yigitlarga rahmat, oxirigacha kurashishyapti. Imkoniyatlardan foydalandik.

- Uchrashuv oxirida penalti tepish masalasida biroz tortishuv bo‘ldi. Siz ham penaltini Brayan tepishini xohladingiz. O‘sha vaziyatda nima bo‘ldi?

- Ularni o‘zlarini orasida bo‘lgan narsa. Riaskos men tepaman dedi, Doston xo‘p dedi. Aslida Doston tepishi kerak edi. Futbolda bo‘lib turadi.

- “Paxtakor”ga chempionatdan ko‘ra Kubokda maqsadiga erishish osonroq. Kubokda ikkita o‘yin qoldi va sovrin yutish imkoniyati bor. Tanlash kerak bo‘lsa, chempionatga ko‘proq e’tibor berilarmidi yoki Kubokkami?

- Kubokda ham, chempionatda ham oxirigacha kurashamiz. Mavsum boshida ikkala frontda ham maqsad qo‘yilgan. Hammasida kurashishimiz kerak.

- Mavsum o‘rtalarida sizni bosh murabbiy sifatida tanishtirishdi. O‘shanda sizga minimum vazifa sifatida Kubokni aytishganmi yoki chempionatmi? Yo ikkalasimi?

- Farqi yo‘q. Ikkinchi davrada kelsanmi yoki birinchi davradami, har doim oliy maqsad qo‘yilgan. Hatto, menga aytish ham kerak emas. Bilamiz, sezamiz, doim g‘alaba uchun chiqamiz.

- Birinchi bo‘limda o‘yin taqdiri hal bo‘lgan bo‘lsa-da, asosiy hujumchi Igor Sergeevni ancha vaqtgacha zaxiraga olmadingiz. Oldinda “Paxtakor”ni “Neftchi”ga qarshi o‘yin kutmoqda va Sergeev terma jamoa yig‘iniga ham borii kerak. Nima uchun uni ertaroq zaxiraga olmadingiz?

- O‘zidan ham so‘raymiz. Kamol aka, yana ozgina vaqt bering deydi. Oramizda har doim munosabatimiz yaxshi. Shunga qarab yana ozgina vaqt berdik. Terma jamoani ham o‘yladik va shu bois oxirida zaxiraga oldik. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!