Kamoliddin Tojiev: "Yomon o‘yin ko‘rsatmadik, o‘yinchilar borini berib o‘ynashdi"

  • 18.04.2026 23:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor” klubi Superliganing 8-turida oʻz maydonida “Dinamo”ni qabul qildi. Gollarga boy oʻtgan qiziqarli uchrashuvda “Sherlar” raqibini 4:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Oʻyinni yaxshi boshladik, tezkor ikkita gol urdik. Keyin hotirjamlikka berilib, ikkita xatoimizdan ikkita gol oʻtkazdik. Birinchi boʻlim qiziqarli oʻtdi. Ikkinchi boʻlimda penalti dan gol urib hisobda yana oldingi chiqib oldik va keyin toʻrtinchi toʻpni ham kiritib gʻalabaga erishdik. Yomon oʻyin koʻrsatmadik. Oʻyinchilar ham borini berib oʻynashdi, hammaga rahmat.

- Ikkinchi boʻlimda oʻyinchi almashtirishga kech qolmadingizmi?

- Oʻyinchi almashtirish uchun sabab boʻlishi kerak. Hamma oʻz joyida xatosiz oʻynaganiga shoshilmayapmiz. Oʻyinchi almashtirishda shoshilib oʻynini buzib qoʻyish ham hech gap emas.

- 2:0 dan keyin "Dinamo" 10 daqiqa ichida ikkita gol urdi...

- Ozgina hotirjamlikka berildik. Oʻzimni toʻpni yoʻqotdik va raqib ikki marta marta birga-bir chiqib ketdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!