"Kanvon" menejeri "Andijon"ga qarshi o‘yindan so‘ng qanday fikr bildirdi?

  • 13 fevral, 2024, 10:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Andijon” hamda “Kanvon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakuniga etgach, “Kanvon” klubi menejeri Chan Vu Kim “Andijon” matbuot xizmatiga o‘yin to‘g‘risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin biz uchun yaxshi o‘tdi. Koreyada mavsum mart oyida boshlanadi. Biz bunga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz.

Ushbu jarayonda mana shunday o‘rtoqlik o‘yinlari muhim edi. Ayniqsa, sizning jamoangizga qarshi uchrashuv juda foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Chunki jamoangiz beshta himoyachi bilan o‘ynaydi va bunday jamoalarga qarshi to‘rt himoyachidan foydalanadigan o‘yin uslubini shakllantirib olish uchun mana shunday o‘rtoqlik uchrashuvi kerak edi. O‘yindan juda xursandman".

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!