
Kape:"U hushidan ketib qoladi"
Portugaliyalik UFC jangchisi Manel Kape Muhammad Mokaevga qarshi jangi oldidan dadil va keskin fikrlar aytdi.
"8 kun – va men o‘zim bilan uning shahriga betartiblik olib kelaman. Mokaev birinchi raundda hushidan ketadi", - deb yozgan Kape X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Mokaev(12-0-1 N/C) va Kape(19-6) jangi 27 iyul kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi "UFC 304" musobaqasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar