
Karate WKF. Sportchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Joriy yilning noyabr oyida Misrning Qohira shahrida sportning karate WKF turi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada 7 nafar yurtdoshlarimiz g‘oliblik uchun bahsga kiradi.
Musobaqada terma jamoa bosh murabbiyi Sulaymon Yusupov boshchiligida quyidagi ro‘yxatdagi sportchilar ishtirok etadi:
1. Alimardonova Gulshan (-50kg)
2. Otaboeva Sevinch (-61kg)
3. Hakimjonova Mohlaroyim (+68kg)
4. To‘raxonov Mehriddin (-60kg)
5. Rashidov Abdulhvahob (-67kg)
6. Muhammadiev Quvonchbek (-75kg)
7. Namozov Shuhratjon (-84kg)
Bu haqda O‘zbekiston Karate WKF assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar