Karatechilarimiz Avstriyadan qaytib kelishdi
Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan karatening WKF yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqish har qachongidan ham ortib bormoqda. O‘z navbatida, terma jamoamiz a’zolari ham ko‘plab xalqaro turnirlarda ishtirok etib, munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritishayotir.
O‘tgan hafta Avstiyaning Zaltsburg shahri mezbonlik qilgan galdagi turnir karatechilarimiz uchun omadli keldi. Jahonda o‘z reytingida etakchilardan biri bo‘lib turgan Sadriddir Saymatov (-60 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Iqbol Uzoqov 69 kilogrammgacha bo‘lgan karatechilar bahsida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Qizlarimidan Bahriniso Babaeva esa shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Biroz avval ushbu musobaqada ishtirok etgan vakillarimiz Toshkentga kelishdi. Biroq poytaxtimizga Sadriddin hamda Bahriniso, qolaversa, ularning murabbiylari keyinroq qaytadigan bo‘ldi. Boisi ular Sloveniya hamda Gollandiyada yaqin kunlar ichida reytingi eng yuqori bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkaziluvchi musobaqalarda ishtirok etib keladilar.

Fikrlar