
Karpovich "Navbahor"ni tark etdi
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oralig‘idagi tanaffus va yozgi transfer payti.
Shu bois barcha jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.
“Lochinlar” safini o‘zaro kelishuv asosida belaruslik 31 yoshli tajribali himoyachi Sergey Karpovich tark etdi. Bu xaqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Karpovich "Navbahor" tarkibidagi barcha o‘yinlarda jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1500 daqiqa harakat qilgan holda, 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar