Karrager: Finalga "Siti" va PSJ chiqadi, g‘olib esa 115 ta ayblovi bor jamoa bo‘ladi

  • 11.04.2024 05:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jeymi Karrager "Manchester Siti"ga qo‘yilgan ayblovlarni esladi. 

"Liverpul" sobiq himoyachisi kecha EChL ishtirokchilari haqida bo‘lib o‘tgan muhokamada "Siti"ning Premer-liga moliyaviy qoidalarini buzganligi haqida gapirdi. 

"Arsenal" - "Bavariya"? Men evrokuboklarda tajribani tanlayman. Albatta, "Bavariya". Keyingi bosqichda ularga qarshi Evropaning eng yaxshi jamoasi "Manchester Siti" raqiblik qiladi. Shuningdek, "Atletiko" va PSJ ham yarim finalga chiqishini kutyapman. Mbappe o‘z ishini qiladi. 

PSJ finalga chiqadi va "Siti" bilan kuch sinashadi. G‘olib 115 ta ayblovi bor "Manchester Siti" bo‘ladi",
- dedi Karrager "CBS Sports" ko‘rsatuvida. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!