
Karvaxal "Oltin to‘p" sovrini haqida gapirdi
Ispaniyalik futbolchi Dani Karvaxal “Oltin to‘p” sovrini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Nega ispanlar bu mukofotni qo‘lga kiritishmaydi. Ochig‘i bilmadim. To‘g‘ri o‘tgan yilgi natijalar bilan Rodri sovrinni yutishga yaqin kelgandi. Ammo yakunni barchamiz bilamiz. 2010-yilda Ispaniya jaxon chempioni bo‘lganda xam ispaniyalik futbolchi mukofotni olishga loyiq edi. 2001-yilni xam eslashigiz mumkin, natijalari bilan garchi Raul munosib nomzod bo‘lsa-da, Ouen g‘olib bo‘lgan edi. Balki biz ispaniyaliklar “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishimiz uchun boshqacharoq xarakat qilishimiz kerakdir... , - dedi ispaniyalik himoyachi.
Fikrlar