
Karvaxal "Real"ning rejalarini buzib tashladi
"Real" yanvar oyidayoq "Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni sotib olishi mumkin. Chunki madridliklarga jiddiy jarohat olgan Daniel Karvaxalning o‘rnini egallash uchun munosib futbolchi kerak.
Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, "qirollik klubi"ning dastlabki rejasi yozda "Liverpul" bilan shartnomasi tugaydigan angliyalik futbolchi bilan qishda dastlabki kelishuvga erishib, mavsum yakunlangach uni tekinga qo‘lga kiritish edi. Biroq Karvaxalning kutilmagan jarohati “Real”ning bu rejalarini buzib tashladi. Endi Madrid klubi Aleksandr-Arnold transferi borasida mersisaydliklar bilan muzokara o‘tkazishga va ma’lum miqdorda pul to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha La Liganing 9-turida “Vilyarreal”ga qarshi bahsda tizzasidan jiddiy jarohat oldi va mavsum yakunigacha safdan chiqdi.
Fikrlar