Kasilyas: "Mourino meni “quloq”likda ayblagandi”

  • 24 oktabr, 21:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi va "Real Madrid" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Joze Mourino bilan bo‘lgan kelishmovchilikni esladi.

Tecno

"Men u bilan kiyinish xonasiga borib gaplashishim kerak edi va buni qilmaganimdan afsusdaman. Biz bilan sodir bo‘layotgan noxush vaziyatni kuchaytirmoqchi emasdim. U meni jurnalistlar bilan do‘stlashganlikda ayblagandi, ammo kiyinish xonasidan matbuotga biror narsa chiqib ketadigan darajada yaqin emasdim. 

Odamlar nafrat haqida gapirishadi, biroq vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘tib ketadi. Mourino bilan munosabatlarimiz do‘stlik va nafrat orasida edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham u bilan o‘tgan davrni yaxshi xotiralar sifatida eslayman. Biroq "Real Madrid" hamma narsadan ustun turadi", - dedi Kasilyas.

Ma’lumot uchun, kiper "qaymoqranglilar" safida professional futbolga qadam qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!