
Katerjina Sinyakova yarim finalda!
Chexiyalik tennischi Katerjina Sinyakova "Nunberger Verscicherungscup" musobaqasida chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Katerjina unda amerikalik Medison Brenglini uch setda 1:6, 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Endi Sinyakova Nyurnberg shahrida o‘tadigan navbatdagi uchrashuvini rossiyalik Veronika Kudermetova, yoki sloveniyalik Tamar Zidanshekka qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar