Kavani "Inter"dan aql bovar qilmas maosh talab qilmoqda

  • 12 iyun, 2020, 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘ziga yangi jamoa qidirayotgan PSJ hujumchisi Edinson Kavani "Inter"dan qancha maosh talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik forvard “neradzurrilar”dan yiliga 12 mln evro maosh so‘ramoqda. Ammo, “Inter” Kavanining ushbu talabini bajarmoqchi emas, boisi milanliklar safida hech bir futbolchi 7,5 mln evrodan ko‘p maosh olmaydi.

Kavani PSJ safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 301 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 200 ta gol hamda 43 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa shu oy o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!