Kazemiro: "Ba’zida u menga Krishtianu Ronalduni eslatadi"

  • 19 aprel, 2024, 12:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim ekanini aytdi.

Tecno

"Ayni damda Kilian Mbappe eng yaxshisi. U juda aqlli va tezkor futbolchi. Ba’zida u menga Krishtianu Ronalduni eslatadi. Yana kim 38 yoshda 50 ta gol urishi mumkin? Krishtianuning jahon futboliga qo‘shgan hissasini baholash qiyin", - deya braziliyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi "El Chiringuito" nashri.

Mavsum yakunida Mbappe PSJni tark etib, erkin agent sifatida "Real"ga o‘tishi xabar qilingandi. 25 yoshli futbolchi "qirollik klubi" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!