Kazemiro: "Beyl Ronaldudan ko‘ra universalroq edi"
Kazemiro sobiq jamoadoshlari — Garet Beyl va Krishtianu Ronalduni taqqoslab, fikr bildirdi.
"Krishtianu gol uradi, u har mavsum kamida 15 ta gol muallifi bo‘ladi. Lekin Beyl hujum qiladi, himoyalanadi, bosh bilan gol uradi va jarima zarbalarini ham ijro etadi.
Krishtianu — eng yaxshisi. U alohida darajadagi futbolchi va uni bu suhbatdan tashqarida ko‘rish kerak.
Ammo men uchun Beyl — eng yaxshi va universal o‘yinchi. Chunki u hujum qiladi, himoyalanadi, bosh bilan gol uradi, standart vaziyatlarni bajaradi. U barchasini juda yaxshi amalga oshiradi, juda tezkor va nihoyatda kuchli edi.
Men uchun Beyl — g‘ayrioddiy futbolchi", — dedi Kazemiro Rio Ferdinand podkastida.

Fikrlar