Kazemiro Londonda "xo‘rlandi"

Kecha, 6 may kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining 36-turi doirasida safarda “Kristal Pelas” mehmoni bo‘lib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. “Selxurst Park” stadionida kechgan uchrashuv 4:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin davomida “Pelas” futbolchilari “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiroga nisbatan sakkiz marta dribling qilishdi, bu joriy 2023/2024 yilgi mavsumda Premer-ligadagi eng yomon ko‘rsatkichdir.

Bu mavsum 32 yoshli braziliyalik futbolchi “qizil iblislar” safida jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kazemiro 2022 yilning avgustida "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. Transfer summasi esa 70,65 million evroni tashkil qilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt yarim himoyachini 30 million evroga baholamoqda.

35-turdan so‘ng Manchesterliklar 54 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda “Arsenal” etakchilik qilmoqda (83 ochko).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!