
Kazemiro Ronalduning fikrini o‘zgartirdi
“Manchester Yunayted” markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” safini tark etish haqidagi fikrini o‘zgartirdi. 37 yoshli portugaliyalikning qarori braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro "Old Trafford" egalari safiga o‘tganidan keyin o‘zgargan.
Jurnalist Pedro Almeyda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar qilishicha, Krishtianu bunday transferdan mamnun va bu mavsumni "Manchester Yunayted"da o‘tkazishga tayyor.
Avvalroq, portugaliyalik yulduz "qizil iblislar" Chempionlar ligasida qatnasha olmagani uchun boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Manchester Yunayted” yangi mavsumni “Brayton” (1:2) va “Brentford”ga (0:4) imkoniyatni boy berib, Premer ligani omadsiz boshladi.
Fikrlar