Kelishuv hal bo‘ldi: Messi “Barsa”da yana besh yil o‘ynaydi!
“Barselona” rahbariyati jamoa etakchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi, - deb xabar bermoqda Diario Sport nashri.
Tomonlar hamkorlikni besh yilga uzaytiradigan bo‘ldi. Avvalroq, argentinalik hujumchi yana ikki mavsum o‘ynashi rejalashtirilgan edi. Biroq, Messi klub xo‘jayinlarini yuqori saviyada yana besh yil o‘ynay olishiga ishontirdi.
O‘z navbatida, Leo maoshining teng yarmiga qisqartirilishiga rozi bo‘ldi. U birinchi navbatda, klubning moliyaviy qiyin ahvolda ekanini inobatga oldi va jamoadoshlariga shaxsiy namuna ko‘rsatishga qaror qildi.
“Barselona” Messi bilan shartnoma tuzganligini iyul oyining oxirida rasman e’lon qilmoqchi. Hozircha, klub yuristlari yangi bitim shartlarini o‘rganib chiqmoqda.



Fikrlar