Kemran Nurullaev Gran-pri yarim finalida
Turkiyaning Antalya shahrida start olgan dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining birinchi kun bellashuvlarida saralash bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Engil vazn toifasida kechayotgan bellashuvlarda terma jamoamiz vakili Kemran Nurullaev (-60 kg) o‘z vazn toifasida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda MOQ.
Yurtdoshimiz bu yo‘lda Xitoy Taipeyi, Turkiya, Bolgariyaning nomdor dzyudochilarini, chorak finalda esa jahon chempionatining kumush sovrindori ozarbayjonlik Orxan Safarovni mag‘lubiyatga uchratdi. Vakilimiz finalga chiqish uchun turkiyalik boshqa bir dzyudochi Mixrach Akkushni engishi kerak bo‘ladi.
Bugun start olgan boshqa vakillarimiz Doston Ro‘ziev (-60 kg) hamda Shahram Ahadov (-66 kg) medallar uchun kurashish bosqichiga etib bora olmagan bo‘lsalar-da, Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg‘arishdi.
Fikrlar