Kerrik 8 yil avvalgi natijani takrorladi

  • 26.01.2026 10:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Londonda "Arsenal" ustidan qozonilgan gʻalaba (3:2) bilan futbol jamoatchiligini hayratda qoldirdi.

Brayan Mbeumo, Patrik Dorgu va Mateus Kunyanning aniq zarbalari evaziga "qizil iblislar" "Emireyts"dan ustun keldi. Opta maʼlumotiga koʻra, "Manchester Yunayted" 2018 yil aprelidan buyon ilk marta Premyer-liga turnir jadvalining amaldagi peshqadamiga qarshi safar oʻyinida uchta gol urdi. Sakkiz yil muqaddam "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinda (3:2) jamoani Joze Mourinyo boshqargandi.

"Arsenal" ustidan qozonilgan gʻalaba, shuningdek, MYu uchun 2021 yil mart oyidan beri deyarli besh yil ichida chempionat yetakchisi bilan mehmondagi birinchi gʻalaba boʻldi (Ule Gunnar Sulsher qoʻl ostidagi "Manchester Siti" bilan 2:0).

Maykl Kerrik 13 yanvar kuni mankunianliklar boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!