Kerrik "Arsenal"ni qanday baholadi?

  • 24.01.2026 02:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yakshanba kuni &quot-Manchester Yunayted&quot- Angliya chempionati doirasida safarda &quot-Arsenal&quot-ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan &quot-qizil iblislar&quot- bosh murabbiyi Maykl Kerrik bo‘lajak o‘yin haqida fikr bildirdi.

— Bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Bu biz uchun jiddiy sinov. &quot-Arsenal&quot- juda kuchli jamoa, ularning o‘yinida ko‘plab ustun jihatlar bor. Jadvalda egalab turgan o‘rni ham bejiz emas. Biz buni yaxshi tushunamiz. Hozir jamoamiz yaxshi holatda. Maydonga katta energiya va ishtiyoq bilan chiqib, ijobiy o‘yin namoyish etishni xohlaymiz, — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

&quot-Arsenal&quot- hamda &quot-Manchester Yunayted&quot- o‘rtasidagi bahs 25 yanvar kuni soat 21:30'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!