
Kevin de Bryuyne kelajagi borasidagi vaziyat hali ham noaniq
Mavsum so‘nggida "Manchester Siti"ni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Kevin de Bryuynening keyingi jamoasi hali hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Lionel Messi o‘ynaydigan "Inter Mayami", "Chelsi" va Italiyaning "Komo" jamoalari belgiyalik yarim himoyachi bilan muzokara olib bormayapti. Hozircha de Bryuyne oldida faqat "Chikago Fayr" klubidan 10 kun avval berilgan taklif mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kevin de Bryuyne mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etishi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar