Kevin de Bryuyne “Siti”ga yordam berishdan bosh tortdi
“Manchester Siti” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadigan Kevin de Bryuynega klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishga ko‘nmadi.
33 yoshli pleymeyker tezroq klubdan ketib, o‘ziga yangi ish joyi topishni istayapti.
- Birinchi navbatda, men o‘zim haqimda qayg‘urishim kerak. Agar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jarohat olsam, keyin nima qilaman?
Agar shunaqa bo‘lib qolsa, men hech kimga kerak bo‘lmay qolaman, hech kim meni o‘ylamaydi. Shu bois, men turnirda qatnashmasligim mumkin.
Lekin vaziyat istalgan paytda o‘zgarib ketishi mumkinligini ham inkor etib bo‘lmaydi, - dedi Kevin de Bryuyne.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyula qadar AQShda tashkil etiladi. “Manchester Siti” guruh bosqichida “Vidad” (Marokasho), “Al-Ayn” (Birlashgan Arab Amirliklari) va “Yuventus” (Italiya) bilan kuch sinashadi.
Fikrlar