Keyn Germaniyada Sanchoning rekordini yangiladi

  • 22 sentabr, 2024, 14:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn Germaniya Bundesligasining 4-turida “Verder”ga qarshi o‘yinda (5:0) gol urdi. Shu tariqa Keyn Germaniya chempionatidagi gollari sonini 41 taga etkazib oldi va Bundesliga tarixidagi eng yaxshi angliyalik to‘purarga aylandi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Keynga qadar Bundesligadagi eng yaxshi ingliz to‘purari Dortmundning «Borussiya»sida o‘ynagan qanot hujumchisi Jeydon Sancho bo‘lgan. U 118 o‘yinda 40 ta gol urgan. Ayni paytda Keyn 36 uchrashuvda 41 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Xarri Keyn "Bavariya" safiga 2023 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 100 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!