
Keyn: "Maydondagi asosiy vazifam - gol urish"
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Flamengo"ga qarshi baxsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bilaman, faoliyatimning katta qismi gollardan iborat. Xar bir o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘raman. Axir, muxlislar jamoa uchun hamma narsani qilishimni, faqat gol urushimni istashadi. Maydon bo‘ylab yuguraman. Kerak bo‘lsa, himoyaga yordam berishim zarur va bularning hammasiga tayyorman. Men gol urishni yaxshi ko‘raman, lekin bundan ham ko‘proq g‘alaba qozonishni xohlayman. Shu bois, jamoam g‘alaba qozonishi uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman", - dedi angliyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn "Flamengo"ga qarshi baxsda dubl qayd etdi. Bundan avval esa 2 turda "Boka Xuniors"ga qarshi baxsda xam gol urgan edi.
Fikrlar