Keyn rekord o‘rnatdi

  • 27 sentabr, 03:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 5-turida "Bavariya" o‘z uyida "Verder"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bellashuvda myunxenliklar a’zosi Xarri Keyn dubli muallifiga aylandi va Evropa "Top-5" ligalarida bir klub safida eng tez 100 ta gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Tecno

Hujumchi 104 ta o‘yinda 100 ta gol kiritib, rekord o‘rnatdi. Unga qadar Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid") va Erling Xoland ("Manchester Siti") bu 100 gollik marrani zabt etish uchun 105 ta bahsda maydonga tushishgan edi.

Ma’lumot uchun, angliyalik futbolchi Germaniya chempionatida 68 ta bellashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 72 ta golni yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!