Keza: "Ronaldu va Messi tarixdagi eng zo‘rlari"

  • 08.11.2025 16:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" vingeri Federiko Keza Krishtianu Ronaldu yaxshiroqmi yoki Lionel Messi degan savolga javob berdi.

"Men Krishtianu bilan bir jamoada o‘ynaganman. Bu juda ajoyib onlar edi. Messi bilan bir jamoada to‘p tepish esa nasib qilgani yo‘q. Bu ikki daho tarixdagi eng zo‘r futbolchilar deb bilaman. Ammo men uchun Messi eng buyuk futbolchi", - dedi italiyalik futbolchi "Sky Sports"ga bergan interv’yusida.

Ma’lumot uchun, Keza 2020-2021 yillarda "Yuventus" safida Ronaldu bilan birga to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!