Kichik Do‘smatov muddatdan avval g‘alaba qozondi!

  • 1 iyun, 11:21
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni paytda "Thailand Open" turnirining hal qiluvchi janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Taniqli bokschimiz Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov va tailandlik Saravut Sukthet -55 kg da oltin medal uchun o‘zaro kurashdi.

2-raund davom etayotgan bir paytda raqibning qoshi yorilib ketdi, shifokor esa tailandlik charm qo‘lqop ustasi bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa Do‘smatov g‘olib deb topilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Muhammadazizbek Ismoilov va Qozog‘iston vakili Torexan Sabirxan to‘qnashuvi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!