
Kim g‘alaba qozonadi, Perreyrami yoki Ankalaev? UFC yulduzlari javob berdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston vaqti bilan tonggi soat 04:30 da "UFC 313" turniri start oladi. Uning asosiy to‘qnashuvida yarim og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Aleks Perreyra va rossiyalik Magomed Ankalaev o‘zaro kurash olib boradi.
Mazkur qarama-qarshilikda qanday natija qayd etiladi? Bu savolga taniqli UFC jangchilari o‘z javoblarini berib o‘tishdi.
Xalil Rauntri:
- Bu bahsda imkoniyatlar mutlaqo teng. Biroq men Aleksning g‘alabasini xohlardim. Chunki u bilan revansh o‘tkazishni reja qilganman.
Aleksandr Volkanovski:
- Bir necha yil oldin Perreyra kurashchilarga qarshi jang qilishga ancha qiynalar edi. Lekin bugunga kelib, uning tajribasi oshdi. Shu bois bu to‘qnashuvda Aleks Ankalaevni muddatidan avval taslim qilishiga ishonaman.
Jamol Xill:
- Agar Magomed braziliyalikning zarbalaridan qochib, sabr-toqat bilan qarshi hujumda harakat qilsa, g‘alaba qozonadi. Biroq birgina xato Ankalaevni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi aniq.
Robert Uittaker:
- Agar dastlabki 3 daqiqada Ankalaev Perreyrani to‘xtata olmasa, Aleks uni 1-raund so‘ngida "uxlatib qo‘yadi".
Israel Adesanya:
- Magomed jangni ko‘proq qismini parterda o‘tkazsagina g‘alaba qozonishi mumkin. Biroq "stoyka" da Aleks uni shunchaki "yanchib tashlaydi".
Fikrlar