Kimmix: Keyn jamoadoshlari ham e’tibor markazida bo‘lishni xohlaydi

  • 18.10.2025 16:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Yozua Kimmix Xarri Keyn "Oltin to‘p"ni olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Bizning maqsadimiz jamoa bo‘lib muvaffaqiyatga erishish, shunda Keyn shaxsiy mukofotlarni qo‘lga kirtishi mumkin. Biroq, u maydonda bo‘lganida shaxsiy sovrinlar uchun o‘ynayotgandek tuyulmaydi. Xarri juda ko‘p qirali futbolchi bo‘lib, doimo jamoa g‘alaba qozonishi uchun harakat qiladi.

Biz 3:0 hisobida g‘alaba qozonganimizda, o‘zi gol ura olmagani uchun kiynish xonasida xafa bo‘lib, o‘tirganini hech qachon ko‘rmaganman.Keyn har doim jamoadoshlarini ham e’tibor markazida bo‘lishida xohlaydi. Mana shunday o‘ziga xos xususiyatlari biz uchun uni yanada qadrli qiladi", - dedi germaniyalik yarim himoyachi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum "Bavariya" safida jami 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol kiritgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!