
Kiran Ferrell: "Joshua revanshga shoshilmasligi kerak. Chunki..."
Daniel Dyubuaning murabbiylaridan biri Kiran Ferrell Entoni Joshuaga revansh o‘tkazmaslikni maslahat berdi.
"Agar Joshua yonimga kelib, maslahat so‘rasa, unga revanshga shoshilmasllik kerakligini aytgan bo‘lardim. Chunki Dyubua ayni paytda eng yuqori sport formasida. U 27 yoshli yirtqich sher. Men Danielning nimalarga qodirligini bilaman. U - Mayk Taysonning kattaroq versiyasi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi "Boxing Scene".
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan katta boks oqshomida Dyubua Joshuani 5-raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar