
Klopp "Liverpul"ga Germaniya terma jamoasi darvozabonini olib kelmoqchi
PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp qishki transferlar davrida Angliya premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Frantsiyaning Le10sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli germaniyalik posbonga “Liverpul” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Aytish lozimki, Trapp parijliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U joriy mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda bor yo‘g‘i 4ta uchrashuvda ishtirok etgan holos. U buning ortidan Germaniya terma jamoasidagi o‘rnini yo‘qotishdan va JCh-2018da ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdan cho‘chimoqda.
“Liverpul – shonli tarixga ega ajoyib klub. Qolaversa, men o‘zim Angliya premer-ligasi ishqiboziman. Qizillar ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishgan. Yurgen Klopp esa so‘zsiz eng yaxshi murabbiylardan biri”, - deydi Trapp.
Fikrlar