
Klopp: "Manchester Yunayted"ni qancha tanqid qilsangiz, ular shuncha kuchayishi mumkin"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindan oldin ularni autsayder hisoblashayotgani menga yoqmayapti. Chunki bu o‘ta printsipial to‘qnashuv va tabiiyki, unda har xil natija qayd etilishi mumkin.
Menga bizning yutishimiz shart ekanini aytishayotgani kabi fikrlar mazmunsiz va shu bilan birga kulgili tuyulmoqda. "Manchester Yunayted"ni qancha tanqid qilsangiz, ular shuncha kuchayishi mumkin", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "Liverpul" ertaga Toshkent vaqti bilan 21:30 da "Manchester Yunayted" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar