Klopp: "Xudoga shukr, yaxshi ham "Real"ga qarshi har uch kunda o‘ynamaymiz"

  • 22 fevral, 2023, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real"ga qarshi EChLdagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Bizni qanchalik kuzatib borasiz, bilmayman. Ammo klubda bunday davrlar oldin ham bo‘lgan. 

Albatta, madridliklar dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Xudoga shukr, yaxshi ham "Real"ga qarshi har uch kunda o‘ynamaymiz (kuladi).

Xatolar ustida ishlashimiz lozim. To‘pni nazorat qilishda muammolarga duch kelyapmiz. "Real"ga qarshi himoyalanish juda qiyin bo‘ldi. Bu va shunga o‘xshash muammolarga kelasi o‘yinda etarlicha echim topa olamiz, degan umiddaman", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!