“Tottenxem” katta transferga qo‘l uradi

  • 19.09.2022 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” rahbariyati jamoaning himoya salohiyatini oshirish uchun A Seriyada o‘zini ko‘rsatib kelayotgan “Inter” vakili Milan Shkrinyarni transfer qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi Football Insider nashri.

27 yoshli himoyachining xaridori ko‘p. Yozda uni qo‘lga kirita olmagan PSJ bu gal yanada qat’iyatli qadamlarni qo‘yib, kattaroq takliflarni o‘rtaga tashlamoqchi. Xaridorlar orasida “Real”ning borligi “Tottenxem”ga ancha qiyinchilik tug‘diradi.

Ayniqsa, Shkrinyar “Inter” safida so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgani va uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish imkoniyati borligi grand klublarni himoyachiga e’tibor qaratishiga sabab bo‘lmoqda.

Transfermarkt portali Milanni 65 million evroga baholamoqda. “Inter” bu futbolchiga yangi bitim tayyorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!