
Klub sobiq rahbari ozodlikdan mahrum etildi
Turkiya klubining sobiq rahbari hakamga nisbatan qo‘pol harakatlari uchun 3 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilindi.
"Ankaragyujyu"ning sobiq prezidenti Faruk Koja 3 yil 7 oy 22 kun muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘tgan yilning 11 dekabr kuni "Rizespor"ga qarshi bahsning final hushtagidan so‘ng sobiq rahbar bir necha kishi hamrohligida maydonga chiqib, hakam Xalil Umut Melerga zarba bergan. Bu voqeadan ko‘p o‘tmay esa u klub rahbari lavozimidan iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar