
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qachon qur’a tashlanadi?
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga 16 sentyabr kuni qur’a tashlanadi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Marosimga angliyalik mashhur futbolchi Maykl Ouen tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, bu safargi musobaqada "Liverpul" (UEFA), "Al-Sadd" (Qatar), "Iengen Sport" (OFC), "Monterrey" (KONKAKAF) va "Esperans" (KAF) klublari ishtirok etishadi. KONMEBOL vakili esa 23 noyabr kuni, OFK vakili esa 24 noyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 11-22 dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar