
Klublar o‘rtasidagi JCh. Ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
Klublar o‘rtasidagi JCh yarim final bosqichida "Flamengo" - "Al-Hilol" to‘qnashuviga guvoh bo‘ldik. Jangovar tarzda o‘tgan o‘yinda riyodliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Al-Dovsari 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Pedro imkoniyatlarni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Braziliya klubi futbolchisi Jerson jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatib, qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Shu bilan birgalikda, referi "Flamengo" darvozasiga penalti belgiladi. Al-Dovsari 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va klubini oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Vetto ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Uchrashuv tugashiga kam qolganida Pedro gol urib, dubl qilishga muvaffaq bo‘ldi. Hisob 2:3.
Shu tariqa, "Al-Hilol" klublar o‘rtasidagi JCh finaliga yo‘l oldi. Ularning keyingi raqibi "Al-Ahli" - "Real" Madrid bahsida aniqlanadi.
Fikrlar