Klublar o‘rtasidagi JCh. "Real" va "Flamengo"ning yarim finaldagi raqiblari aniqlandi

  • 5 fevral, 2023, 00:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final juftliklari aniqlandi.

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi chorak finalda Marokashning "Vidad" jamoasini penaltilan seriyasidan taslim etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Riyodliklar bu bosqichda Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan to‘qnash keladi.

Yana bir yarim finalda "Real" Misrning "Al-Ahli" klubi bilan o‘ynaydi. Misr jamoasi chorak finalda "Sietl Saunders"ni minimal hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Yarim final o‘yinlari 8-9 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!