
Kolbi Kovington: "Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqishni istayman!"
Amerikalik MMA ustasi Kolbi Kovington liga prezidenti Dana Uaytga murojaat qilib, AQSh prezidentining rasmiy qarorgohi — Oq uyda o‘tkaziladigan turnirga qo‘yishini so‘radi.
"Iltimos, Dana, menga Oq uyda bo‘ladigan UFC turnirida jang qilish imkonini ber. Men bilaman, Tramp ham seni qo‘llab-quvvatlayapti. Shunday ekan, men Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqishni istayman!" — dedi amerikalik "Sportskeeda" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Kovington "UFC on ESPN 63" turnirida Xoakin Baklidan 3-raundda texnik nokautga uchragan edi.
Fikrlar