Konor Makgregor 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

  • 4 iyul, 15:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mashhur irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregorning boshi uzra "qora bulutlar" paydo bo‘lmoqda. Bu haqda Irlandiya va Britaniyaning bir nechta gazetalari xabar berdi.

Tecno

Avvalroq Irlandiya fuqarolik sudi Konorni Nikita Handni zo‘rlashda aybdor deb topgandi. Sud qaroridan so‘ng jangchi o‘zining aybsizligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishga va’da bergan. 

Biroq bugunga kelib, bir nechta manbalar Makgregor Nikita ishi bo‘yicha yolg‘on guvohlik berganlikda aybdor deb topilib, 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinlini haqida yozmoqda.

Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday yakun topar ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!