
Konor Makgregor barchani ortda qoldirdi!
Konor Makgregor ikki vazn toifasida UFC chempionligini qo‘lga kiritgan eng yosh jangchi hisoblanadi. U ikkinchi kamariga 28 yosh, 3 oy va 2 kunligida ega chiqqan.
Iliya Topuriya - 28 yoshida ham ikkinchi chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin, biroq baribir u irlandiyalikning rekordini yangilay olmaydi. 2025 yil 28 iyunda gruzin 28 yosh, 5 oy va 7 kunlik bo‘ladi.
Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan bu tarixdagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Bugunga qadar UFC tarixida faqat ikki nafar jangchi 30 yoshgacha ikkinchi kamarni qo‘lga kiritgan: Konor Makgregor va Bi Jey Penn.
Fikrlar