Konor Makgregor: "Irlandiya fuqarolari, o‘zgarishlar vaqti keldi!"

  • 5 sentabr, 07:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni, irlandiyalik yulduz Konor Makgregor mamlakat prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yish uchun fuqarolardan qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

Tecno

"Irlandiya fuqarolari, haqiqiy o‘zgarish vaqti keldi! Prezident sifatida men hech qanday qonunni xalq tasdig‘isiz imzolamayman. Agar mening ismim saylov byulletenida bo‘lishini istasangiz, bugunoq mahalliy kengash a’zolaringizga murojaat qiling va mening nomzodimni qo‘yishni so‘rang. Bizga haqiqiy o‘zgarishlar kerak", — dedi Konor.

Shuningdek, Makgregor mahalliy kengash a’zolarining ovozi hukumat tomonidan ko‘pincha e’tiborsiz qoldirilayotganini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!