Konor Makgregor qachon oktagonga qaytmoqchi?

  • 29 oktabr, 2022, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor 2023 yil boshida oktagonga qaytish niyatida ekanligini malum qildi.

Tecno

"Men tez orada qaytaman. Umid qilamanki, bu 2023 yilning birinchi choragida amalga oshadi. Yana bir necha oydan so‘ng men mashg‘ulotlarni boshlayman", - deb yozdi Konor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ta’kidlash kerakki, AQSh Antidoping agentligi (USADA) qaroriga ko‘ra, Konor jangga ruxsat berilishidan oldin doping test topshiradi va kamida olti oy doping-ofitserlar nazoratida bo‘ladi.

Agar Makgregor 28 oktyabrda test topshirishni boshlasa, u 28 aprelgacha oktagonga kira olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Aleksandr Volkonovski kelajakda Konor Makgregorga qarshi jang qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!