Konor MakGregor va Dastin Pore o‘rtasidagi revansh sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 24 noyabr, 2020, 10:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC rasmiylari Konor MakGregor va Dastin Pore  o‘rtasidagi  revansh jangi borasida xabar berdi.

To‘qnashuv 23 yanvarga belgilangan “UFC 257” doirasida bo‘lib o‘tadi. Jang o‘tkaziladigan joy hali e’lon qilinmagan. Avvalroq, u “Janglar oroli”da bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

MakGregor va Pore o‘rtasidagi birinchi bahs 2014 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan va unda Konor texnik nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Irlandiyalik jangchi hisobida 22 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat bor. Poreda bu ko‘rsatkich 26 g‘alaba, 6 mag‘lubiyatni tashkil qiladi. Shuningdek, bitta inobatga olinmagan jang ham bor.

127225710_206019467583512_3540358805877534977_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!