
Konor qachon jang o‘tkazishini aytdi
36 yoshli sobiq UFC chempioni Konor MakGregor (22-6) navbatdagi jangini qachon o‘tkazishini ma’lum qildi.
Dana Uayt (intervyuda): “Biz Konor bilan shaxsiy uchrashuv o‘tkazganimiz yo‘q, lekin doim aloqadamiz. U oktagonga qaytishni xohlaydi, lekin bu yil jang o‘tkazmaydi."
Konor MakGregor (ijtimoiy tarmoqlarda): “Oh, Dana! Nega bunday deyapsiz. Men dekabrda qaytaman. DEKABRЬ !!!"
Eslatib o‘tamiz, Konor MakGregor 2021 yil iyulidan beri oktagonda jang o‘tkazmayapti.
Fikrlar